
Lotte ZERO — shakarsiz shokolad, 50 g
Saytdan buyurtma — barcha tovarlarga −10%
Shakar va qandlar (糖類) nolga teng shokolad — shirinligi shakar o‘rnini bosuvchilardan (maltitol, laktitol). Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, yumshoq va shirin ta’m, og‘izda silliq eriydi. Qutida 5 ta plitkacha (har biri 10 g). Tarkibi: kakao massasi, maltitol, sut asosidagi mahsulot (kletchatka, sariyog‘, sut oqsili), o‘simlik yog‘i, laktitol, kakao yog‘i, sut pastasi, tuz, kakao ekstrakti, soya murtagi ekstrakti; emulgator, aromatizator, shirinlashtiruvchilar (aspartam — fenilalanin manbai, sukraloza), P vitamini. Tarkibida sut, soya bor. Muhim: — Shakarsiz, lekin uglevodsiz emas (shakar o‘rnini bosuvchi spirtlar bor). — Bir martada ko‘p yeyilsa, ichni yumshatishi mumkin. — Fenilketonuriyasi borlar uchun mos emas (aspartam). — Barcha mahsulotlar Yaponiyada ishlab chiqarilgan, Yaponiya ichki bozori uchun qadoqlangan. — Tarkibi va allergenlar ishlab chiqaruvchining rasmiy sahifasi yoki qadoqdagi yozuvdan olingan. Retsept yangilanishi mumkin — allergiyasi borlar qadoqdagi yozuvni ham tekshirsin. — Shokoladni issiqda (28 °C dan yuqori) saqlamang — erib, shakli o‘zgaradi. Salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlang. Ishlab chiqaruvchi: ロッテ (Lotte), Yaponiya. Yaponiyadan yetkazish (kargo) narxga kiritilgan.
| Hajmi | 50 g |
|---|---|
| Mavjudligi | Buyurtma asosida, 7–14 kun |
| Kod | C-0560 |
Sharhlar
Hozircha sharh yo‘q. Birinchi bo‘ling — mahsulot haqida yozing.
