
Spirulina
Tabiiy superfud Spirulina nima? Spirulina — ko‘k-yashil suv o‘tlaridan biri bo‘lib, Yer yuzida 3,5 milliard yildan beri mavjud. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy organizmlardan biri hisoblanadi. «Spirulina» so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, «spiral» degan ma’noni anglatadi. Bu suv o‘tining shakli spiralsimon bo‘lgani uchun shunday nom berilgan. Ilk bor uni Afrika va Lotin Amerikasidagi mahalliy xalqlar ozuqa sifatida iste’mol qilgan. Tarkibi va ozuqaviy qiymati Spirulina dunyodagi ozuqaviy jihatdan eng boy tabiiy manbalardan biri hisoblanadi. 🔸 Oqsil — taxminan 70% Spirulina tarkibida 18 ta aminokislota bor, ularning barchasi inson organizmi uchun zarur: • Leytsin, izoleytsin, valin • Treonin, metionin, triptofan • Glutamin, asparagin, arginin, tirozin va boshqalar Bu aminokislotalar tana to‘qimalari, fermentlari va gormonlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. 🔸 Vitaminlar: • B1, B2, B6, B12 • E, K1 • Beta-karotin (A vitaminining provitamini) • Niatsin, biotin, foliy kislotasi, pantoten kislotasi B12 vitamini ayniqsa muhim, chunki u asosan hayvon mahsulotlaridan olinadi. Spirulina esa uni o‘simlik manbai sifatida beradi. 🔸 Minerallar: • Temir, kaltsiy, magniy, kaliy, natriy • Rux, mis, yod, selen, xrom, fosfor Bu elementlar immunitetni mustahkamlaydi va moddalar almashinuviga yordam beradi. 🔸 Yog‘ kislotalari: • Linol va gamma-linolen kislotalari — miya va teri uchun muhim 🔸 Antioksidantlar va pigmentlar: • Xlorofill — qon va jigarni tozalaydi • Fikotsianin — kuchli antioksidant • Karotinoidlar (beta-karotin, zeaksantin) — ko‘z salomatligi uchun Foydasi Spirulina nafaqat vitamin qo‘shimchasi, balki ko‘p funksiyali tabiiy mahsulot sifatida quyidagi foydalarga ega: • Immunitetni kuchaytiradi • Organizmni tozalaydi • Asab tizimi va energiyani qo‘llab-quvvatlaydi • Qondagi gemoglobinni oshiradi, kamqonlikda yordam beradi • Sabzavot yetishmaganda yechim bo‘ladi • Vaznni nazorat qilishga yordam beradi • Ko‘z salomatligini yaxshilaydi ⸻ Nega aynan Yaponiya spirulinasi? Yaponiyada — Yamanashi prefekturasida, laboratoriya sharoitida yetishtirilgan Yaponiya bozorida №1 100% tabiiy, qo‘shimcha va konservantlarsiz AQSh, Yevropa va Osiyoga eksport qilinadi Homilador va emizikli ayollar, bolalar uchun ham mos ⸻ Qanday qabul qilish kerak? • Birinchi marta — 5 ta tabletka suv bilan • Organizm yaxshi qabul qilsa, dozani 20–40 tabletkagacha oshirish mumkin • Bolalarga — tabletkani chaynab, shirinlik yoki sut bilan berish mumkin • Hazm bilan muammo bo‘lsa, ozroq dozadan boshlash tavsiya etiladi Spirulina — tabiat bergan mukammal ozuqa. Zamonaviy turmush tarzi, stress va noto‘g‘ri ovqatlanish sharoitida spirulina organizmga yetishmayotgan nutriyentlarni to‘ldirishga yordam beradi. 100% Yaponiya spirulinasi — sifat, xavfsizlik va sog‘lom kelajak uchun ishonchli tanlov. 28$ (2400 tabletka, 2 oyga yetadi)
Japan Algae — barcha mahsulotlar →
| Mavjudligi | Buyurtma asosida, 7–14 kun |
|---|---|
| Kod | T-16704 |
Sharhlar
Hozircha sharh yo‘q. Birinchi bo‘ling — mahsulot haqida yozing.
